7 Pir

 Buxorodagi 7 pir ziyoratgohi - Buxorodagi tasavvuf ilmiga katta xissa qoʻshgan, 7 buyuk soʻfiylar dafn etilgan joy va atrofiga qurilgan maqbara va masjidlar majmuidir.


1Abduxoliq Gʻijduvoniy 1103-1179

2 Xoʻja Muhammad Orif ar- Revgariy 1165-1259

3 Xoʻja Maxmud Anjir Fagʻnaviy XII asr oxiri-1286

4 Xoʻja Ali Romitaniy XIII asr oʻrtalari-1321

5 Xoja Muhammad Bobo Samosiy XIII asr oxiri-1354

6 Xoʻja Sayid Amir Kulol Buxoriy XIII asr oxiri-1370

7 Bahouddin Naqshband 1318-1389

Abduxoliq Gʻijduvoniy 1103-yilda 24-martda tugʻilgan. 9 yoshida Qur’onni yod olgan. 10 yoshidan boshlab, darvishlarning zikrlarida faol ishtirok etgan. 22 yoshida Yusuf Hamadoniy bilan uchrashib, uning muridiga aylanadi. Oʻzini ibodatu riyozatga mashgʻul tutib, butun hayoti davomida 5 asar bitadi. Bulardan „Maqomoti Xoja Yusuf Hamadoniy“ („Xoja Yusuf Hamadoniy fazilatlari“) asarida ustozining tarjimai holi va uning taʼlimoti yoritiladi.

Mohitobon 12-asr oʻrtalari, Shofirkon tumani Revgar qishlogʻida tugʻilgan. Xojagon-naqshbandiya tariqatining yirik namoyandasi va nazariyotchilaridan biri. Abduxoliq Gʻijduvoniydan tasavvuf taʼlimotini oʻrgangan. Tasavvufning oʻzak jihatlari va nazariy masalalari haqida bahs yuritgan „Orifnoma“ risolasini yozgan. Revgariy 1259-yilda vafot etadi va Shofirkon shahrida dafn etilgan. Qabri ustiga maqbara oʻrnatilgan va qabri atrofidagi masjid-u maqbaralar ziyoratgohga aylanadi.

Anjir Fagʻraviy XII asr oxirida Vobkent tumani Anjirbogʻ qishlogʻida tugʻilgan — Xojagon Naqshbandiya tariqatining yirik namoyandasi, buxorolik 7 pirning uchinchisi. Gilkorlik bilan shugʻullangan. Xoja Orif Mohitobon — Revgariyyadan tahsil olib, uning vafotidan soʻng xojagonlik silsilasini boshqargan. „Silsilai sharif“ da 12 halqanig piri hisoblanadi. Xoja Mahmud Anjir Fagʻnaviy 1286-yilda vafot qildilar va u kishini tugʻilgan qishloqlarida dafn qildilar. Maqbaralari ham aynan oʻsha joyda barpo etildi.


4 Xoʻja Ali Romitaniyning yodgorlik majmui

Romitan Xoʻja Alining dafn etilgan joydir. Soʻfiyga xalq orasida „Azizxon“ — aziz shayx nomi berilgan. XIII asr oʻrtalarida Romitan tumani Qoʻrgʻon qishlogʻida tugʻilgan. Butun hayoti davomida toʻquvchilik bilan shugʻullangan. Ali Romitaniy amalga oshirish imkoni boʻlmagan ishni — moʻgʻullarni islom dinini qabul qilishiga erishdi. Moʻgʻullar istilosidan keyin yaroqsiz erlarni tiklashga yordam bergan, tabiblik bilan shugʻullangan. Xorazmda bir muddat yashab, xonaqo ochgan va xojagoniyani mazkur hududda tarqatgan. Soʻfiylik yoʻlidagi ustozi Maxmud Anjir Fagʻnaviydir. Bizgacha „Manoqibi Xoja Ali Azizon Romitaniy“ asari yetib kelgan. Romitaniy 1321-yilda Sariboʻston qishlogʻi (Qoʻrgon qishlogʻi yaqini)da dafn etilgan. Qabri ustida maqbara qurilgan, u mustaqillik davrida taʼmirlangan va qabri ziyoratgoh hisoblanadi.

Xoʻja Ali Romitaniyning shogirdi mashhur soʻfiyning dafn qilingan joyidir. Xoja Muhammad Boboyi Samosiy XIII asr oxiri, Romitan tumanidagi Samos qishlogʻida tugʻilgan xojagon-naqshbandiya tariqatining yirik namoyandasi, buxorolik 7 pirning beshinchisi. Xoja Ali Romitaniydan tahsil olib, uning vafotidan soʻng xojagonlik tarikatini boshqargan. Bahouddin Naqshband tugʻilganda uni maʼnaviy farzandlikka qabul qilgan. Samosiy bogʻbonlik bilan kun kechirgan. 1354-yilda 95 yoshida vafot etgan. Muqaddas maqbara Romitan tumanining Simas qishlogʻida joylashgan. Ushbu yerda ajoyib insonning oʻz taʼlimotlariga monand ravishda maqbara, masjid, quduq va goʻzal bogʻ barpo etilgan.


6 Xoʻja Sayid Amir Kulol Buxoriy yodgorlik majmuasi


Sayid Amir Kulol dafn etilgan joy. Hayoti davomida u „buyuk“ degan maʼnoni anglatuvchi Kalon nomini olgan. Kulol Buxoriy XIII asr oxiri, Buxoro yaqini (hozirgi Kogon tumani)dagi Suxor qishlogʻi da tugʻilgan. Xojagon-naqshbandiya tariqatining yirik namoyandasi Sayid Amir Kulol diniy ulamo boʻlib, yuzdan ortiq izdoshlarga ega edi, ular orasida Bahouddin Muhammad Naqshbandiy ham bor edi. Otalari Amir Hamza boʻlib. Hijozdan (Hozirgi Saudiya Arabistoni) Buxoroning Afshona (Peshku)qishlogʻida koʻchib kelganlar.U Naqshbandiyni soʻfiylik asoslari, zikrni toʻgʻri oʻqish bilan tanishtirdi. Bu zot — paygʻambar nasablaridan boʻlganliklari uchun sayyidlardan hisoblanadilar. Sayyid Amir Kulol hayotlarida Buxorodan tashqaridga chiqgan emas, yaʼni Makkada ham, Madinada ham va na boshqa joylarda boʻlgan. Sayid Amir Kulol 1370-yilda oʻzining tugʻilib oʻsgan Suxar qishlogʻida dafn etilgan va qabri ustida maqbara oʻrnatilgan.


7 Bahouddin Naqshband

Bahouddin Naqshband (Muhammad binni Muhammad Bahouddin an-Naqshband al-Buxoriy) 1318-yil, Chigʻatoy ulusi, Buxoro yaqinidagi Qasri Hinduvon qishlogʻida tugʻiladi. Bahouddin Naqshband Muhammad paygʻambar avlodlariga mansub sayyidzodalardan ekanligi qayd etilgan va ota tomondan 11-imom Imom Xasan al-Askariyning ikkinchi oʻgʻli Sayyid Ali Akbarni avlodi hisoblanadi. Otasi Muhammad Buxoriy toʻquvchi hamda oʻyma naqsh soluvchi (naqshband) boʻlgan va oʻgʻli ham bu hunarni egallaydi.Bahouddin Naqshbandning birinchi piri — ustozi Xoja Muhammad Boboyi Samosiy edi. Keksa shayx yosh Bahouddin Naqshbandni tarbiyalashni oʻrinbosarlaridan boʻlmish Amir Sayyid Kulolga topshirdi. U tariqat bobida bilganlarini oʻrgatib boʻlgandan keyin shogʻirdiga ijozat beradi. Bahouddin Naqshband ilm istab, yassaviya tariqati shayxlarining mashhur vakillaridan boʻlmish Qusam shayx oldiga, Naxshab (hozirgi Qarshi) shahriga boradi. Taxminan 1389-yil Buxoro yaqinidagi Qasri Orifon qishlogʻida vafot etgan














Комментарии

Популярные сообщения из этого блога

4. about memorial complex of Khoja Ali Romitaniy

2. Orif Khoja Muhammad ar-Revgariy mausoleum.